Fidbol.net

Ronaldu Al Nassrning kutilmagan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

Tahririyat 21
Ronaldu Al Nassrning kutilmagan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

Ronaldu bu o'yinda to'liq 90 daqiqa maydonda bo'ldi, ammo samarali harakat ko'rsata olmadi.

"Bizda bitta vazifa bor. Ishni davom ettiramiz. Birgamiz", — deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Shu tariqa Krishtianu jamoasi mamlakat chempionatidagi 16 ta o'yinlik g'alabalar seriyasini to'xtatdi. "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 1-o'rinni saqlab turibdi. Jamoa 31 o'yinda 79 ochko to'plagan. 2-o'rindagi "Al Hilol"dan (bir o'yin zaxirada) 5 ochko oldinda. Ronaldu 2023 yildan beri "Al Nassr"da o'ynaydi. Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 33 o'yinda 27 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring