Fidbol.net

Ronaldu "Al Nassr" chempion boʻlganidan keyin muxlislarga murojaat qildi

Tahririyat 3
Ronaldu "Al Nassr" chempion boʻlganidan keyin muxlislarga murojaat qildi

"Al Nassr" Saudiya Pro-ligasining 2025/26 yilgi mavsumi soʻnggi turida "Damak" jamoasini tor-mor etdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. Gʻoliblar tarkibida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Ushbu gʻalaba evaziga "Al Nassr" turnir jadvalida birinchi oʻrinni saqlab qoldi va chempionlikni rasmiylashtirdi.

"Nasravi (Muhtasham "Al-Nasr" muxlislari)… Bu ajoyib mavsum boʻldi. Biz birinchi kundanoq nimani xohlayotganimizni va bunga erishish uchun nimalar kerakligini yaxshi bilardik. Biz har bir mashgʻulot va har bir oʻyinda mehnat qildik, kurashdik va bor kuchimizni berdik.

Bu oson yoʻl boʻlmadi, lekin biz uni birgalikda bosib oʻtdik. Bizga ishonganingiz va har bir qadamda yonimizda boʻlganingiz uchun rahmat", — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring