Romano Gyulerning "Real" bilan yangi shartnomasi muddatini e’lon qildi
Insayder Fabrisio Romano yarim himoyachi Arda Gyulerning "Real Madrid" bilan yangi shartnomasi muddatini e’lon qildi.
"Kelishuvga erishildi va tez orada e’lon qilishga tayyor. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2032 yil iyun oyigacha, olti yilga mo‘ljallangan", deb yozgan Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Futbolchining o‘zi allaqachon taklifni qabul qilgan. Avvalroq manbalar Gyulerning "Los Blankos" bilan potensial shartnomasi 2031 yilgacha amal qilishi haqida xabar berishgan edi.
Gyuler uch yil oldin "Fenerbaxche"dan "Real Madrid"ga qo‘shilgan edi. U shuningdek, "Genchlerbirligi" akademiyasining tarbiyalanuvchisi. 21 yoshli Gyuler allaqachon Turkiya terma jamoasining yetakchi o‘yinchisi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0