"Roma" "Torino"ni magʻlub etib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi
Turindagi "Olimpiko Grande Torino" stadionida kechgan oʻyinda Djan Pero Gasperini shogirdlari 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Uchrashuvni bosh hakam Fabio Mareska boshqarib bordi.
40-daqiqada "Roma" hujumchisi Doniell Malen hisobni ochdi. 90+3-daqiqada esa rimliklarning yarim himoyachisi Nikkolo Pizilli jamoasining ustunligini mustahkamlab qoʻydi.
“Torino” - “Roma” 0:2
Gollar: Malen 40, Pizilli 90+3.
Ushbu oʻyindan soʻng "Roma" toʻrtta turda 12 ochko toʻplagan holda A Seriya turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. "Torino" hisobida esa 3 ochko bor va jamoa 14-qatorni egallab turibdi.
Keyingi turda Turin klubi 19 sentyabr kuni safarda "Bolonya" bilan oʻynasa, rimliklar xuddi shu kuni oʻz maydonida Milanning "Inter" klubini qabul qilishadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0