"Real" rahbariyati jamoadagi voqealar OAVga sizib chiqayotganidan xavotirda. Klubda birov birovga ishonmayapti
"Real"da axborotlar sizib chiqishi bilan bog'liq vaziyat jiddiy xavotir uyg'otmoqda.
Avvalroq jamoa mashgʻulotlari vaqtida Federiko Valverde va Oreliyen Chuameni oʻrtasida ziddiyat sodir boʻlgani maʼlum qilingandi. Urugvaylik futbolchi yiqilib, stolga urilgan va boshidan jarohat olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan. U 14 kungacha o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
El Mundo yozishicha, so'nggi paytlardagi axborot sizib chiqishlari sabab klub ichida ishonchsizlik muhiti hukm surmoqda. Valverde va Chuameni o'rtasidagi janjal esa rahbariyatning sabr kosasini to'ldirgan so'nggi holat bo'lgan.
Klub manbasi shunday deydi: "Hozir birov birovga ishonmayapti. Kimdir ochiqchasiga zarar yetkazishdan manfaatdor".
Hozir "Real" ichki tekshiruv va intizomiy choralarni boshlagan.
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0