"Real" Mourinyu uchun "Benfika"ga 6 million evro toʻlaydi
Manbaga koʻra, klub 63 yoshli portugaliyalikning tayinlovini La Liganing 38-turidan oʻrin olgan "Atletik" Bilbao bilan oʻyindan keyin e'lon qilmoqchi, bu jamoaning mavsumdagi soʻnggi uchrashuvi boʻladi. Bahs 24 may kuni boʻlib oʻtadi.
Jurnalist Yagʻiz Sabinjioʻgʻlining xabar berishicha, "Real" murabbiy uchun "Benfika"ga 6 million evro toʻlashi koʻzda tutilgan.
Mourinyu bungacha 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"da ishlagan. Madridliklar uning qoʻl ostida chempionat gʻolibi boʻlgan, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, 2004 yildan beri birinchi marta Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan muvaffaqiyatli oʻtgan.
U "Real"ni tark etganidan soʻng "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Roma", "Fenerbaxche" jamoalariga murabbiylik qildi. 2025 yilning sentyabridan buyon "Benfika"da faoliyat yuritib kelmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0