Fidbol.net

Rasul Rahmonov — "Paxtakor" bilan oʻyin, Hamidullo Karimov va "Andijon" haqida

Tahririyat 2
Rasul Rahmonov — "Paxtakor" bilan oʻyin, Hamidullo Karimov va "Andijon" haqida

Oʻz vaqtida "burgutlar" safida toʻp tepgan Rasul Rahmonov mazkur uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor” bilan kechadigan bahslar har doim muxlislarda katta qiziqish uygʻotib kelgan. Bugun Andijonda haqiqiy futbol bayrami! Ishqibozlar ushbu markaziy uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umid qilamanki, bugungi toʻqnashuv ham shiddat va joziba bagʻishlash boʻyicha avvalgilaridan aslo qolishmaydi.

Islom Ahmedov boshchiligidagi jamoamizdan bugun faqat va faqat gʻalaba kutib qolamiz. Andijonda iqtidorli futbolchilar juda koʻp. Masalan, Hamidulloni yaxshi bilaman — u juda iste'dodli yigit. Kecha oʻrinbosarlar tarkibida jamoasiga muhim golni taqdim etdi. Umuman olganda, Hamidullo bu yil asosiy tarkib bilan birga ancha oʻsishga erishdi.

Bugun barcha andijonlik muxlislar undan gol kutishmoqda. Hamidulloga va "Andijon" jamoasiga boʻlajak muhim oʻyinda omad yor boʻlishini tilayman",- deydi Rasul Rahmonov.

Ma'lumot uchun, uchrashuv soat 19:30 da "Bobur Arena"da boshlanadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring