Fidbol.net

Rasman: Kelasi mavsumda YChLda Ispaniyadan 5 ta jamoa qatnashadi

Tahririyat 17
Rasman: Kelasi mavsumda YChLda Ispaniyadan 5 ta jamoa qatnashadi

Kelasi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasida La Ligadan 5 ta jamoa ishtirok etadi.

“Rayo Valekano” “Strasburg” (1:0, 1:0) ustidan gʻalaba qozonib, UEFA Konferensiyalar Ligasi finaliga chiqqanidan keyin La Liga uchun qoʻshimcha oʻrin kafolatlandi.

UEFA har mavsumda uchta yevrokubok — Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi natijalariga ko‘ra eng yaxshi ikki mamlakatga qo‘shimcha o‘rin beradi. Bu mavsumda Angliya 28,125 ball bilan birinchi bo‘ldi, Ispaniya esa 22,093 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Germaniya (21,785) esa Ispaniyani quvib o‘ta olmadi.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda La Ligada top-5 o‘rinni egallab turgan jamoalar: «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Atletiko» va «Betis».

Yuqoridagi jamoalarning to‘rttasi allaqachon kelasi mavsumda YChLda ishtirok etish huquqini kafolotlagan.

Manba: tribuna.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring