Rasman: Ayman Hussayn - "Paxtakor" futbolchisi
Tahririyat
•
•
2
Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati e'lon qildi.
30 yoshli hujumchi hamda “Paxtakor” oʻrtasidagi bitim mavsum oxirgacha moʻljallangan. Ayman Hussayn JCh-2026da Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan edi.
Faoliyatida davomida u Iroqning "Duxok", "Naft", "Shorta", "Al Quva Javiya", "Karma", Tunisning "Sfaksien", Qatarning "Umm Salal", "Markiya", "Al Xor", "Al Vakra", BAAning "Al Jazira" va Marokashning "Raja Atletik" klublari safida oʻynagan. Klublari safida chempionat oʻyinlarida 120 gol urgan. Iroq terma jamoasi tarkibida 34 toʻp kiritgan. U Olimpiya oʻyinlari va Jahon Kubogi final bosqichida gol urishga erishgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0