Rashid Gʻofurov: "Biz uchun eng muhim maqsad — futbolchilarni Superligaga etkazib berish"
Shu tanaffus va boshqa mavzularda "Yaypan Fargʻona" bosh murabbiyi Rashid Gʻofurov bilan suhbatlashdik.
— Rashid aka, Proligada bir oydan koʻproq tanaffus boʻldi. Shu tanaffusdan jamoa qanday foydalandi? Shu haqda gapirib bersangiz.
— Tanaffusdan biz juda unumli foydalanishga harakat qildik. Kam-koʻstsiz boʻlmaydigan narsaning oʻzi yoʻq. Kam-koʻstsiz bajarsa ham boʻladigan yigʻin oʻtkazdik. Hech qanday muammo boʻlmadi bizda. Ikkita bosqichga boʻlingan holda chiroyli, yaxshi, oʻzimizga mos va xos oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazib oldik. Menimcha, yigitlarning jismoniy holati yomon emas, yaxshi. Faqat bitta narsadan koʻnglim toʻlmadi. Biz oʻzimiz chiqarib yuborgan 6–7 nafar oʻyinchimizning oʻrnini toʻldiradigan futbolchilarni jalb qila olmadik. Umuman olganda, yigʻindan koʻnglim toʻldi. Yaxshi oʻtdi, yomon emas.
— Oʻrtoqlik oʻyinlari haqida ham gapirib bersangiz. Raqiblardan koʻnglingiz toʻldimi?
— Oʻrtoqlik oʻyinlari haqida toʻgʻri aytyapsiz. Yigʻin paytida koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil qildik. Birinchi liga vakili "Havokand", "Andijon"ning aralash va asosiy tarkibi, "Neftchi"ning asosiy tarkibi hamda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan oʻynadik.
Xullas, oxirgi oʻyinimiz — Tojikiston chempioni "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahs haqida juda ijobiy fikr bildiraman. Sababi, oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarimiz qanday oʻtganini aynan shu oʻyin orqali baholab oldik. Kuchli jamoaga qarshi yigitlarimiz juda chiroyli oʻyin namoyish etishdi. Sababi, kuchli raqibga qarshi uchrashuvda ham jismoniy, ham texnik tomondan yutqazganimiz yoʻq. Hech qaysi jihatdan ortda qolmadik.
Shundan soʻng yigʻin yakunlanishi bilan "Kattaqoʻrgʻon"ga qarshi oʻyinni boshladik. Uchrashuvni 2:1 hisobida yutqazgan boʻlsak ham, 90 daqiqa boʻlmasa-da, taxminan 70 daqiqa davomida oʻyinni biz boshqardik. Yigitlarimizga omad etishmadi. Zaxirada gol uradigan hujumchimiz yoʻq. Qaerdadir nimadir etishmayapti. Lekin oʻyinni toʻliq biz nazorat qilib bordik. Natija asta-sekin boʻladi, xudo xohlasa.
— Jamoaga yangi kelgan futbolchilar haqida nima deysiz? Ular tezda jamoaga moslashib keta oladimi?
— Albatta. Biz bularni oldin ham koʻrganmiz. Koʻrib-bilganimiz uchun bizga moslashib ketadigan, bizning oʻyin uslubimizga mos tushadigan oʻyinchilar boʻlgani uchun ularni jamoaga taklif qildik. Oʻyinchilar koʻp, lekin biz ularni hozir jamoamizga qabul qilaman desak, oʻyin uslubimizga tushmasligi mumkin yoki biz ularga tushmasligimiz mumkin. Shuning uchun ikkala tomon bir-biriga mos kelsagina jamoaga qabul qilsa boʻladi.
Qandaydir yaxshi, zoʻr natija qiladigan oʻyinchi boʻlishi mumkin, lekin bizning oʻyinimizga tushmasligi ham mumkin. Shuning uchun biz buni oʻyinchilarni tanlash, ya'ni podbor igrokov deymiz. Biz oʻyin uslubimizga mos tushadigan futbolchilarni qidirishda davom etyapmiz. Transfer oynasi yopilguncha topsak, ketgan futbolchilar oʻrnini qoplab olsak, mavsum davomida qiynalmasdik.
Mana, kecha "Kattaqoʻrgʻon" bilan oʻyinda markaziy himoyachimiz qizil kartochka oldi. Yana ikki-uch nafar futbolchimizda jarohat bor. Muslim Habibullaev, Bekzod Gʻafurjonov va Firdavs Umaraliev ham jarohatda. Bularni sogʻayib tezda safimizga qaytishini xohlaymiz. Toʻrtta asosiy oʻyinchimiz yoʻqligi sababli tayanch yarim himoyachisini markaziy himoyaga qoʻyishga majbur boʻldik. Toʻrtta asosiy futbolchisiz "Kattaqoʻrgʻon"ga qarshi oʻynadik. Shularning oʻrnini toʻldiradigan futbolchilarni topganimizda, menimcha, bunchalik qiynalmasdik.
— Jarohat olgan futbolchilar qachon tarkibga qaytadi?
— Jarohatdagi futbolchilarimizning, xudo xohlasa, tezroq qaytishini biz ham juda xohlardik. Sababi, ular jamoaga moslashgan, jamoaga oʻrganib qolgan va jamoaga foydasi tegadigan futbolchilar. Ularning oʻrnini toʻldirish, yangi kelgan futbolchilarni ular singari bizning oʻyin uslubimizga moslashtirish qiyinchilik tugʻdiradi. Ular biz uchun allaqachon tayyor oʻyinchilar edi. Endi bu futbol. Futbolda jarohatlarsiz, yoʻqotishlarsiz oʻyin boʻlmaydi.
— Mavsumning ikkinchi yarmida jamoaning maqsadi qanday? Rahbariyat nechanchidir oʻrinni olish vazifasini qoʻydimi?
— Bizning maqsadimiz ikkinchi davrada emas, birinchi davrada ham hech qanday aniq oʻrin egallash boʻlmagan. Maqsadimiz — shu oʻyinchilarni yaxshi jamoalarga etkazib berish. Chiroyli oʻyin namoyish qilib, ularga oʻyin amaliyoti berish, futbolchilarni reklama qilib, bizdan yuqori darajadagi jamoalarga etkazib berish.
Hozir futbolchilarimizni "Mash'al", "Surxon" va boshqa jamoalar taklif qilyapti. Biz esa ularni mamnuniyat bilan beramiz. Sababi, ularni Superliga jamoalari soʻrayapti. Asl maqsadimiz ham shu edi.
Lekin bizga "falon oʻrinni olasizlar", "uchinchi boʻlasizlar" yoki "ikkinchi boʻlasizlar" degan vazifa qoʻyilmagan. Bizning vazifamiz — yigitlarni tarbiyalab, yaxshi futbolchilarni etkazib berish. Ularning
Manba: championat.asia
Izohlar 0