Rafinya: "Real" osonlikcha taslim bo'lmaydi
Tahririyat
•
•
10
"Barselona" futbolchisi Rafinya "El Klasiko" oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. "Real"da chempionlik uchun hali matematik imkoniyatlar bor, shuning uchun raqib osonlikcha taslim bo'lmaydi.
Albatta, agar g'alaba qozonib chempion bo'lsak, buni nishonlaymiz", — dedi braziliyalik vinger Movistar’ga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, kataloniyaliklar La Liganing 35-turi doirasida o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi. Mag'lubiyatdan boshqa har qanday natija Hans-Diter Flik jamoasiga chempionlikni kafolatlaydi.
Avvalroq Rafinya mart oyidan beri ilk bor qaydnomaga kiritilgani ma'lum qilingan edi.
Manba: tribuna.uz
Jamoalar
Izohlar 0