Fidbol.net

Qozogʻiston terma jamoasini niderlandiyalik murabbiy boshqaradigan boʻldi

Tahririyat 5
Qozogʻiston terma jamoasini niderlandiyalik murabbiy boshqaradigan boʻldi

62 yoshli murabbiyning tayinlangani haqida Qozogʻiston futbol federatsiyasi e'lon qildi.

Nurbol Jumaskaliev assistent sifatida milliy terma jamoa murabbiylar shtabidan oʻrin oldi.

Jon van ’t Shkip futbolchilik faoliyati davomida Amsterdamning “Ayaks” hamda Italiyaning “Jenoa” jamoalarida toʻp tepgan, shuningdek, Niderlandiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Terma jamoa tarkibida 1988 yilgi Evropa chempioni boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati davomida Gretsiya va Armaniston terma jamoalarini boshqargan, shuningdek, Niderlandiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

U Qozogʻiston terma jamoasi boshqaruvi ishonib topshirilgan niderlandiyalik ikkinchi mutaxassis boʻldi. Bundan oldin 2006 yildan 2008 yilgacha milliy terma jamoani Arno Paypers shugʻullantirgandi.

Terma jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov bir muddat avval oʻz xohishiga koʻra lavozimini tark etgan edi.

Qozogʻiston terma jamoasi van ’t Shkip qoʻl ostidagi ilk rasmiy oʻyinini 26 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Farer orollariga qarshi oʻtkazadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring