Fidbol.net

PSJ – "Renn" uchrashuvi Bretanga koʻchirildi. "Park de Prens" maydoni issiq tufayli zarar koʻrdi, u almashtiriladi

Tahririyat 4
PSJ – "Renn" uchrashuvi Bretanga koʻchirildi. "Park de Prens" maydoni issiq tufayli zarar koʻrdi, u almashtiriladi

Liga 1 ning 1-turidan oʻrin olgan oʻyin 23 avgust kuni "Park de Prens"da boʻlib oʻtishi kerak edi. Ammo bu yozda Parij mintaqasida kuzatilgan navbatdagi issiqlik toʻlqini "Pari Sen-Jermen" uy stadioni maydoni holatini yomonlashtirdi. Frantsiya professional futbol ligasi (LFP) maysa sifatini baholab, hozirgi holat oʻyinni qoniqarli sharoitda oʻtkazishga va futbolchilar salomatligi uchun xavfni bartaraf etishga imkon bermaydi, degan xulosaga keldi. Yakunda klublar davralarni almashishga kelishib olishdi – 1-tur oʻyini Renndagi "Roazon Park" stadionida oʻtkaziladi, javob bahsi esa Parijda boʻlib oʻtadi. PSJ boʻlajak oʻyinlar oldidan "Park de Prens" maydoni maysasini almashtiradi. Jamoaning keyingi uy oʻyini – "Monako"ga qarshi bahs Liga 1 ning 3-turi doirasida 4 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring