Fidbol.net

PSJ "Monako"ning yulduzi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi — RMC

Tahririyat 8
PSJ "Monako"ning yulduzi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi — RMC

Manbaning xabariga koʻra, tomonlar besh yillik bitim borasida kelishuvga erishgan. Endilikda Parij klubi 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi boʻyicha "Monako" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Akliush monegaskliklar klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali frantsiyalik vingerning qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Yakunlangan mavsumda Akliush "Monako" safinda barcha musobaqalarda 43 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring