PSJ "Lans"ni magʻlub etib, Frantsiya chempioniga aylandi
Unda "Lans" va PSJ jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi. Lansdagi "Bollar-Delelis" stadionida kechgan uchrashuvni bosh hakam Benua Basten boshqarib bordi. Oʻyin mehmonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan tugadi.
Uchrashuvdagi ilk golni 29-daqiqada PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya kiritdi. Bahsning asosiy vaqtiga qoʻshib berilgan 90+3-daqiqada esa Ibragim Mbaye mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.
“Lans” - PSJ 0:2
Gollar: Kvaratsxeliya 29, Mbaye 90+3.
Ushbu gʻalabadan soʻng PSJ muddatidan oldin Frantsiya chempionligini qoʻlga kiritdi. Jamoa 76 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Lans" esa 67 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Chempionat yakuniga qadar bitta tur qolgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0