PSJ Ferran Torres uchun "Barselona"ning har qanday taklifini ortda qoldirishga tayyor
Tahririyat
•
•
5
"Diario Sport" nashri tarqatayotgan ma'lumotlarga qaraganda, parijliklar 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga kataloniya klubi taklif qilishi mumkin boʻlgan har qanday shartnomadan ham yaxshiroq shartlarni taklif etishga tayyor.
PSJ Ferran Torresga 5 yillik shartnoma va uning hozirgi maoshidan ancha yuqori oylik taklif qilgan. Klub vakillari futbolchiga "Barselona"ning har qanday taklifini moliyaviy jihatdan ortda qoldirishlari mumkinligini ham bildirgan.
Xabarlarga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi ilk muloqot Jahon chempionati vaqtida boʻlib oʻtgan. Torres frantsuz klubining taklifini kamida eshitishga rozilik bergan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0