PSJ Diomande bilan shartnomani kelishib oldi. "Liverpul" u uchun € 100 mln taklif qilgandi — Skira
Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Manbaning xabariga koʻra, 19 yoshli futbolchi parijliklar bilan besh yillik shartnoma borasida ogʻzaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, parijliklar transferni yakunlashga urinish uchun Germaniya klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyor. Ta'kidlanishicha, bundan ikki hafta oldin "RB Leyptsig" "Liverpul"ning € 100 mlnlik taklifini rad etgan edi.
Diomande Germaniya klubida 2025 yilning iyulidan buyon toʻp surib kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha moʻljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda vinger "Leyptsig" uchun 36 ta oʻyinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" futbolchining transfer qiymatini € 90 mlnga baholamoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0