PSJ Barkolya uchun narx qoʻydi. Bu narx "Liverpul" uchun ancha qimmat...
Tahririyat
•
•
8
Angliya klubi va futbolchi oʻrtasidagi shartnoma hali kelishib olinmagan, klublar oʻrtasidagi muzokaralar esa endigina boshlanmoqda.
Avvalroq frantsuz vingeri "Pari Sen-Jermen" bilan 2028 yilgacha moʻljallangan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani ma'lum boʻlgan edi. Shundan soʻng 23 yoshli futbolchi "Liverpul"ga oʻtishga rozilik berdi.
Xabar qilinishicha, ayni damda klublarning pozitsiyalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilmoqda: PSJ Barkolyani kamida 120 million evroga baholamoqda, "Liverpul"ning takliflari esa bundan ancha past. Hozirgi vaqtda parijliklar klubda yanada muhimroq rol oʻynashni xohlayotgan futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.
Manba: championat.asia
Izohlar 0