Postekoglu Ronaldu toʻp suradigan "Al Nacsr"ga tayinlangani haqida: "Bunday katta klubni boshqarish men uchun ulkan sharaf"
Avstraliyalik mutaxassisning soʻnggi ish joyi "Nottingem Forest" edi, bundan oldin esa u "Tottenxem" bilan Evropa ligasida gʻolib chiqqan edi.
"Mening fikrimcha, men uchun eng muhimi shundaki, butun faoliyatim davomida yangi chaqiriqlarni qabul qilish, yangi musobaqalarda qatnashish, turli odamlar bilan ishlash va shu orqali rivojlanish menga doim yoqqan. Endi menda yangi muhitda, yangi mamlakatda va yangi jamoada oʻzimni sinab koʻrish uchun yana bir imkoniyat paydo boʻldi.
Vazifa hamisha bir xil boʻlib qoladi. Men muvaffaqiyatga erisha olmayotgan koʻplab klublarni boshqarganman va ularni muvaffaqiyatli jamoaga aylantirganman. Shuningdek, allaqachon gʻalaba qozonayotgan klublar bilan ham ishlab, ular bilan yutuqlarga erishishda davom etganman", — dedi Postekoglu.
Manba: championat.asia
Izohlar 0