Fidbol.net

Pogba Angliyadagi "Monako" yigʻinida jarohat oldi va mashgʻulosni muddatidan oldin tark etdi

Tahririyat 4
Pogba Angliyadagi "Monako" yigʻinida jarohat oldi va mashgʻulosni muddatidan oldin tark etdi

Nitsa-Matin ma'lumotlariga koʻra, mashgʻulot vaqtida Pogba qichqirib yubordi va maysaga yiqildi. Shifokorlar futbolchiga yordam koʻrsatib, chap soniga bogʻlam qoʻyishdi, shundan soʻng u tibbiyot shtabining ikki xodimi hamrohligida maydonni tark etdi. Zaxira oʻrindigʻida Pogba yuzini futbolkasi bilan yopib oldi, "Monako" bosh murabbiyi Filipe Luis uni ruhlantirdi. Ta'kidlanishicha, yoz boshida frantsuz futbolchisi oʻng tizzasida ham noqulaylik his qilgan. Pogba umumiy guruhdagi mashgʻulotlarga faqat oʻtgan juma kuni kirishgan edi. Oʻtgan mavsumda 33 yoshli yarim himoyachi "Monako" safida bor-yoʻgʻi 6 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi, ularning barchasi Liga 1'ga toʻgʻri keladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring