Fidbol.net

Plettenberg "Leyptsig" Diomande uchun "Real"dan soʻragan summani oshkor qildi

Tahririyat 5
Plettenberg "Leyptsig" Diomande uchun "Real"dan soʻragan summani oshkor qildi

Bu haqda jurnalist va insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

Manba ma'lumotiga koʻra, Germaniya klubi 19 yoshli forvardning narxini bir qator qoʻshimcha bonuslarsiz 120 million evro qilib belgiladi. Ta'kidlanishicha, Madrid klubining taklifi 100 million evroni tashkil etgan edi. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Agar favqulodda hech narsa yuz bermasa, tomonlar bugun, 29 iyul kuni bitim tafsilotlarini muhokama qilishadi.

Ta'kidlanishicha, oʻyinchining oʻzi jamoani oʻzgartirishga rozi va madridliklar safida toʻp surish niyatida.

Diomande 2025 yildan beri "Leyptsig" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u 36 ta oʻyinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va oʻnta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2026 yilgi jahon chempionatida Kot-d’Ivuar terma jamoasi Norvegiyaga magʻlub boʻlib (1:2), 1/16 finalda oʻz ishtirokini yakunladi. Hujumchi turnirda toʻrtta uchrashuv oʻtkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga koʻra, futbolchining taxminiy qiymati — 90 million evro. Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana toʻrt yilga moʻljallangan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring