Fidbol.net

Pep "Man Siti"dan ketishi haqida: "Men dam olishga loyiqman. Agar kuch-quvvatim boʻlganida, qolgan boʻlardim"

Tahririyat 3
Pep "Man Siti"dan ketishi haqida: "Men dam olishga loyiqman. Agar kuch-quvvatim boʻlganida, qolgan boʻlardim"

Ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar moʻljallangan edi.

"Ma'lum muddat jamoalarni boshqarmayman. Bu aniq. Sizni ishontirib aytamanki, agar menda kuch boʻlganida, jamoa bilan qolgan boʻlardim. Agar boshqacha boʻlganida, men haliyam shu erda boʻlardim.

Toʻgʻrisini aytsam, men dam olishga loyiqman", — dedi Gvardiola.

Bugun "Man Siti" APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi va bu Gvardiola qoʻl ostidagi soʻnggi uchrashuv boʻladi. Pep "shaharliklar"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring