"Paxtakor" Termizda oxirgi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
3 may
"Surxon" – "Paxtakor" 1:1 LIVE
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Amal Sultonov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Kristina Sereda
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Oybek Davletmurodov
Gol: Sunnatilla Abdullajonov 42, 1:0, Shahzod Azmiddinov 90, 1:1
“Surxon”: 86.Davron Merganov, 3.Behruz Jumatov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun Sherbotaev, 10.Sunnatulla Abdullajonov (26.Behruz Shukurullaev,80), 14.Tohirjon Ashuboev, 17.Sarvar Abduhamidov (15.Diyor Ramozonov,72), 19.Farruhjon Qodirov ( 9.Stefen Chinedu, 68), 27.Muhammadali Musaxanov (4.Nodirxon Ne'matxonov,80), 66.Behruz Shaydulov
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 11.Richard Emeka Fraydey, 18.Behruz O'ktamov, 21.Tornike Zebniauri, 77.Asadbek Karimov
“Paxtakor”: 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 11.Hojimat Erkinov (77.Oybek Bozorov,73) 17.Dostonbek Hamdamov (21.Bashar Resan,61), 19.Pyotr Pajishek ( 14.Rustam Turdimurodov, 73), 23.Abdurauf Bo'riev (3. Shahzod Azmiddinov,90), 27.Sardor Sobirxo'jaev(10.Akmal Mozgovoy,73), 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 20.Dilshod Abdullaev,
Ogohlantirish: Abdurauf Bo'riev (“Paxtakor”) 24, Muhammadqodir Hamraliev (“Paxtakor”) 73
90+4. Uchrashuv yakunlandi.
90+4. ZARBA. Akmal Mozgovoy jarima maydoni tashqarisidan noaniq zarba yo'lladi.
90+2. GOL. Zaxiradan maydonga tushgan Shahzod Azmiddinov darhol gol urdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni u darvozaga yo'lladi, 1:1
90. O'ZGARISh. “Paxtakor”, Bo'riev o'rniga Azmiddinov tushdi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
88. ZARBA. Merganov jarima maydonchasi ichida seyv namoyish etdi.
80. O'ZGARISh. “Surxon”, Musaxonov o'rniga Ne'matxonov, Abdullajonov o'rniga Shukrullaev tushdi.
79. Yana Merganov mahoratini ko'rsatdi.
75. O'yinda temp ko'tarildi.
73. OGOHLANTIRISh. Muhammadqodir Hamraliev, “Paxtakor”
73. O'ZGARISh. “Paxtakor”, Pajishek o'rniga Turdimurodov, Sobirxo'jaev o'rniga Mozgovoy, Erkinov o'rniga Bozorov tushdi.
72. O'ZGARISh. “Surxon”, Abduhamidov o'rniga Ramazonov tushdi.
70. “Sherlar”ning oldinga yurishlari samara bermayapti.
68. O'ZGARISh. “Surxon”, Farruh Qodirov o'rniga Chinedu maydonga tushdi.
63. Hamralievning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
61. O'ZGARISh. “Paxtakor”, Doston Hamdamov o'rniga Bashar Resan tushdi.
58. Abdullajonov yo'llagan zarba noaniq ko'rinish oldi.
50. “Paxtakor” hisobni tenglashtirishga astoydila harakat qilyapti.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Gol inobatga olindi.
42. GOL. “Surxon” uchrashuvda hisobni ochdi. Sen urmasang, senga urishadi. Sunnatilla Abdullajonov yuqoridan uzatmani 2 ta himoyachi orasida turib darvozaga yo'lladi, 1:0. Hakamlar golni tekshirdi, hammasi toza.
41. Alijonov chap oyoqda zarba yo'lladi. Noaniq.
40. ZARBA. Erkinovdan uzatma, Flamariondan zarba, Merganovdan seyv.
37. Jarima maydoni ichiga uzatmalarga yakun yo'q.
35. “Paxtakor” tezkorlikni oshirdi. Lekin oxirgi nuqta etishmayapti.
30. Flamarionning burchakdan bergan uzatmanamo zarbasini Merganov qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga Hamdamov zarba berdi, darvoza ustuni qahramonga aylandi.
28. “Paxtakor” raqib jarima maydonchasi ichida ketma ket keskinlik yaratdi. Mezbonlar posboni bu vaziyatda jamoasini qutqardi.
24. OGOHLANTIRISh. “Paxtakor” yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev Sarvar Abduhamidovga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
22. “Surxon” jarima zarbasini ishladi.
18. Hakam “Surxon”dan Musaxonovni og'zaki ogohlantirdi.
13. Xojimat Erkinov raqib jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Noaniq.
10. Mezbonlar uzatmalar orqali vaziyat yaratishga harakat qilyapti. Yakun samarasiz.
6. O'yin tengkurashlar ostida o'tyapti. To'p asosan maydon markazida.
O'yinga start berildi.
Abdusamad Do'rmonov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.
Izohlar 0