Fidbol.net

Noyerning Germaniya Kubogi finali va JChda ishtirok etishi ertangi test natijalariga bogʻliq

Tahririyat 1
Noyerning Germaniya Kubogi finali va JChda ishtirok etishi ertangi test natijalariga bogʻliq

Myunxenliklar posboni kecha jamoa bilan mashgʻulotlarda qatnashmadi va bugungi mashgʻulotlarni ham oʻtkazib yuboradi.
Avvalroq, 40 yoshli darvozabon Bundesliganing shanba kungi "Kyoln"ga qarshi oʻyinidan (5:1) soʻng chap oyoq boldir mushaklarida ogʻriq his qilayotgani xabar qilingandi.
Bild nashri tarqatgan ma'lumotlarga koʻra, ertaga Noyerning boldir mushaklari tiklanganini tekshirish uchun tibbiy koʻrik oʻtkaziladi. Test natijalari jamoa sardori shanba kuni "Shtutgart"ga qarshi kechadigan Germaniya Kubogi finali oldidan ertangi mashgʻulotlarga qayta olishi yoki yoʻqligini belgilab beradi.
Shuningdek, Noyerning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida qatnashishi ham aynan ushbu tibbiy koʻrik natijalariga bogʻliq boʻlib turibdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring