Norvegiya FF Xolandning matbuot anjumanida qatnashishini taqiqladi
Bugun "Manchester Siti" APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bogʻliq deyarli barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilgani ma'lum boʻldi. Klub faqat bitta ayblov boʻyicha oqlangan.
Avvalroq Norvegiya futbol assotsiatsiyasi matbuot kotibi Morten Skensberg Xoland va terma jamoa bosh murabbiyi Stole Solbakken shanba kuni Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan muloqot qilishini ma'lum qilgan edi.
Biroq keyinchalik Norvegiya futbol federatsiyasi rejalar oʻzgarganini bildirdi. Xoland oʻrniga matbuot anjumanida Andreas Shellerup va Fredrik Eursnes ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, APL 2023 yil fevral oyida "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar oraligʻida moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times ayblovlar soni 115 emas, 130 ta ekanini xabar qilgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0