Fidbol.net

"Neftchi" Antaliyadagi yigʻinga yoʻl oldi

Tahririyat 4
"Neftchi" Antaliyadagi yigʻinga yoʻl oldi

“Neftchi” mazkur tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini tashkil etadi. Bu haqida fargʻonaliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bugun kunduzgi soat 11:45 vaqti bilan “Neftchi” futbol klubi delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaning Antaliya shahriga joʻnab ketdi. Oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning turli yoʻnalishdagi personal xodimlari ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi va personal tarkibi:

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Selektsioner murabbiy: Anvar Berdiev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev
Bosh ma'mur: Aybek Aliev
Ma'mur: Abduvali Yoʻldashev
Shifokor: Javohir Elmurodov
Uqalovchilar: Ulugʻbek Hamdamov, Sanjar Saidov
Operator: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov

🔹 Antaliya yigʻiniga yoʻl olgan futbolchilar tarkibi:

Akbar Toʻraev (Darvozabon)
Abdulmoʻmin Nurmuhammadov (Darvozabon)
Anvarjon Gʻofurov (Himoyachi)
Muhsinjon Ubaydullaev (Himoyachi)
Ibrohim-Halil Yoʻldashev (Himoyachi)
Izzatillo Poʻlatov (Himoyachi)
Ikrom Aliboev (Yarim himoyachi)
Moʻminxon Bahodirxonov (Yarim himoyachi)
Abrorbek Ismoilov (Yarim himoyachi)
Alisher Odilov (Yarim himoyachi)
Xurshid Gʻiyosov (Yarim himoyachi)
Asilbek Jumaev (Yarim himoyachi)
Rustambek Fomin (Yarim himoyachi)
Daler Tuxsanov (Yarim himoyachi)
Azizbek Erimbetov (Yarim himoyachi)

Shuningdek, ayni paytda oʻz davlatlarida boʻlib turgan legioner murabbiylar hamda futbolchilar ham yigʻinga keyingi bosqichlarda qoʻshilishadi. Ular Antaliya shahriga oʻz mamlakatlaridan qulay aviareyslar orqali etib kelishi rejalashtirilgan. Bular:

Murabbiylar:

Antonio Sarioglu — jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy
Facundo Stick — analitik murabbiy
Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi

Futbolchilar:

Boyan Ciger
Vladimir Yovovich
Jovan Jokich
Ratino
Zoran Marushich
Stipe Perica

Jamoamning Antaliyadagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari 24-iyun kuniga qadar davom etadi. Yigʻin davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda mavsumning keyingi qismiga puxta tayyorgarlik koʻrish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yigʻin doirasida bir qator nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish ham rejalashtirilgan. Raqib jamoalar va uchrashuv sanalari haqida klub matbuot xizmati tomonidan qoʻshimcha ma'lumot beriladi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring