"Napoli" Rasmus Xeylundni "Manchester Yunayted"dan sotib olganini e'lon qildi
Tahririyat
•
•
3
Italyan klubi keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritganidan soʻng, 23 yoshli futbolchini sotib olish bandi faollashtirildi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, transfer summasi 44 million evroni tashkil etadi, shuningdek, avgust oyida ijara uchun 6 million evro toʻlangan.
Xeylund "Napoli" safida 44 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Joriy mavsum Seriya A doirasida 33 ta oʻyinda maydonga tushgan hujumchi 17 ta (12+5) ochko toʻpladi.
Futbolchi Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan" darvozasiga gol urib, jamoasining ushbu sovrinni qoʻlga kiritishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0