Fidbol.net

MYu Kaluluni nishonga oldi: "Yuventus" esa himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Tahririyat 4
MYu Kaluluni nishonga oldi: "Yuventus" esa himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, turinliklar himoyachi bilan 2030 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuvga erishmoqchi, shuningdek, ushbu bitimga yana bir mavsumga uzaytirish optsiyasi ham kiritilishi rejalashtirilgan. Ta'kidlash joizki, tomonlarning amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga etadi.

Hozirda frantsiyalik futbolchi yiliga taxminan 2,5 million evro maosh olmoqda. Kalulu oʻz daromadini bonuslar bilan birga 4 million evroga etkazishni istamoqda, "keksa sinora" esa futbolchiga mukofot pullarini hisobga olgan holda 3,5 million evrolik maosh taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, Per Kalulu "Manchester Yunayted" klubining ham e'tiborida. Mankunianliklar skautlari "Yuventus"ning "Milan"ga qarshi soʻnggi oʻyinini kuzatib borishdi va futbolchining harakatlaridan mamnun qolishdi. Turinliklar himoyachi uchun 40 million evrodan kam boʻlmagan mablagʻ talab qilishiga qaramay, MYu uni tarkibiga qoʻshib olishga urinib koʻrishi mumkin.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring