“Milan” va Italiya terma jamoasi afsonasi vafot etdi
U 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milan” matbuot xizmati va bir qator nufuzli Italiya OAV xabar berdi.
Oldinroq matbuotda Barezining ogʻir xastalikka qarshi kurashayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Franko butun faoliyati davomida faqat “Milan” sharafini himoya qilgan (1978 yildan 1997 yilgacha). U olti bor Italiya chempioni boʻlgan, toʻrt marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. shuningdek, Barezi 3 marta Chempionlar Ligasi, 1 marta UEFA Superkubogida zafar qozongan.
Italiya terma jamoasi tarkibida Barezi 81 ta oʻyin oʻtkazgan. Milliy jamoa bilan birgalikda himoyachi JCh-1982 gʻolibi boʻlgan. Bundan tashqari, JCh-1994’da kumush va JCh-1990’da bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0