Fidbol.net

"Milan" etakchisi jamoani etish niyatida ekanligini ma'lum qildi

Tahririyat 5
"Milan" etakchisi jamoani etish niyatida ekanligini ma'lum qildi

"Men "Milan" tarixiga kirganimdan faxrlanaman, lekin yangi sahifa ochishni xohlayman. Boshqa chempionatda oʻynashga tayyor ekanligimni his qilyapman.

Men "Milan" uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qildim, ammo yangi chorlovni qabul qilish vaqti keldi", — dedi Leau Sport TV telekanaliga bergan intervyusida.

Italiya Seriya A ning yakunlangan mavsumida 26 yoshli Leau 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi esa beshinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasiga yoʻllanma ololmadi. Shuningdek, Rafael hisobida Italiya kubogi doirasida 2 ta oʻyin va 1 ta gol bor. Portugaliyalik futbolchi 2019/2020 yilgi mavsumdan beri "rossoneri" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bundan oldin futbolchiga "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublar tomonidan qiziqish boʻlayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Turkiyaning "Galatasaray" va "Fenerbaxche" klublari ham Leauga qiziqish bildirishgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring