Mbappening «Real»ni tark etishi talab qilingan petitsiya 40 milliondan ortiq imzo to‘pladi
Kilian Mbappening «Real»ni tark etishi talab qilingan petitsiya 40 milliondan ortiq imzo to‘pladi, deb xabar bermoqda ESPN.
E’tiborli tomoni, ikki kun avval imzolar soni 11 million edi.
Avvalroq 27 yoshli forvard bir nechta jamoadoshlarining, jumladan Vinisius Juniorning xatti-harakatlaridan norozi ekani xabar qilingandi. Futbolchining o‘zi Ispaniya chempionatining 35-turidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan Italiyaga dam olish uchun ketgan va shu sabab muxlislar tanqidiga uchragan. Klasiko 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, Mbappe 24 aprelda «Betis»ga (1:1) qarshi La Liga bahsida olgan jarohatidan tiklanmoqda.
Bularning barchasi klubdagi beqaror vaziyat fonida sodir boʻlmoqda. Xususan, jamoa kiyinish xonasida yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Orelien Chuameni oʻrtasida janjal chiqqan, natijada urugvaylik futbolchi bosh miya jarohatini olgan.
Mbappe 2024 yildan buyon «Real» safida to‘p tepmokda. Uning avvalgi klubi «PSJ» bo‘lgan.
Bu mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 41 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi safidagi umumiy statistikasi — 100 ta o‘yinda 85 ta gol va 11 ta assist.
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0