Mark van Bommel: "Belgiya terma jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf, muxlislar biz bilan faxrlanishi uchun barcha ishni qilamiz"
Bunga qadar 49 yoshli niderlandiyalik mutaxassis PSV, "Volfsburg" va Belgiyaning "Antverpen" klublarini boshqargan.
Mark van Bommel: "Belgiya terma jamoasining bosh murabbiyiga aylanish — men uchun ulkan sharaf. Bildirilgan ishonch uchun Qirollik futbol assotsiatsiyasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Belgiyada ajoyib futbolchilar va ulkan salohiyat mavjud. Murabbiylar shtabim bilan birgalikda dunyoning eng kuchli terma jamoalari bilan tengma-teng raqobatlasha oladigan intizomli, oʻz oldiga ulkan maqsadlar qoʻyadigan va dovyurak jamoani shakllantirishga intilamiz.
Muvaffaqiyat hech qachon kafolatlanmaydi, lekin tinimsiz mehnat, halollik va oʻz ishimizga sadoqatni aniq va'da bera olaman. Biz har kuni oʻsishga erishish va Belgiya xalqi biz bilan faxrlanishi uchun barcha sa'y-harakatlarimizni ishga solamiz. Futbolchilar, xodimlar, muxlislar bilan uchrashishni hamda faoliyatimdagi ushbu yangi sahifa boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", — deya van Bommelning soʻzlarini keltiradi Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) rasmiy sayti.
Manba: championat.asia
Izohlar 0