Fidbol.net

"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisini 45+5 mln evroga sotib olishga yaqin

Tahririyat 9
"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisini 45+5 mln evroga sotib olishga yaqin

Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Klublar muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Transfer summasi kafolatlangan 45 million evro va bonus tariqasida yana 5 million evroni tashkil etishi mumkin. Shartnoma 2031 yilning yoziga qadar moʻljallanadi.

Ederson 2022 yildan buyon "Atalanta" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. 26 yoshli braziliyalik futbolchi bergamaliklar safida jami 180 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring