Manba: AQShlik hujumchi "Surxon" klubiga oʻtadi
Tahririyat
•
•
4
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, 21 yoshli markaziy hujumchi Santyago Garsiya Termiz klubi a'zosiga aylanadi.
AQSh fuqarosi boʻlgan va Nyu-Yorkda tavallud topgan yosh forvard faoliyati davomida Ispaniyaning "Masarron" hamda Xorvatiyaning "Vukovar" U-19 jamoalarida toʻp surgan. Santyago Garsiyaning soʻnggi klubi Bosniya va Gertsegovinaning "Jeleznichar" jamoasi boʻlgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0