Fidbol.net

Lukaku "Napoli"dan "Fenerbaxche"ga oʻtishga rozi boʻldi

Tahririyat 4
Lukaku "Napoli"dan "Fenerbaxche"ga oʻtishga rozi boʻldi

Manbaga koʻra, 33 yoshli hujumchi shaxsiy shartnomasining moliyaviy shartlarini deyarli kelishib olgan. Klublar yaqin soatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshlashga tayyor.

Italiya matbuotiga koʻra, "Napoli" markaziy hujumchi uchun 10 million evrolik taklifni qabul qilishga tayyor. Shuningdek, unga “Atlanta”, "Monako" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirgan.

Lukaku 2025/26 yilgi mavsumda "Napoli" safida barcha musobaqalarda 7 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi. Hujumchi jarohati tufayli mavsumning katta qismini oʻtkazib yubordi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Transfermarkt portali Lukaku narxini 6 million evroga baholamoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring