"Leyptsig" Diomandeni "Real"ga 100 million evroga sotishdan bosh tortdi
Tahririyat
•
•
3
Avvalroq, madridliklar 19 yoshli ivuarlik futbolchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 100 million evro taklif qilgani xabar qilingandi. Nemis klubi bu taklifni rad etdi. "Leyptsig" futbolchini faqat “aqlbovar qilmas” summaga sotishga tayyor.
Diomande 2025 yilning yozida "Leganes"dan 20 million evro evaziga "Leyptsig"ga oʻtgan edi. Vinger oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 90 million evroga baholamoqda. Uning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha moʻljallangan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0