Lautaro bolaligi haqida: "Ijaraga pulimiz etmagani uchun qariyb 3 yil otamning doʻstinikida yashadik"
– Siz boy oilada ulgʻaymagansiz. Argentinadagi bolaligingiz qanday oʻtgan?
– Vaziyatni tushuntirishga harakat qilaman. Otam futbolchi edi. U professional darajaga chiqib, V Seriyaga etganida, Baiya-Blankadagi harbiy-dengiz bazasidagi aviamexaniklik ishini tashlab ketgan. Otam toʻp tepadigan jamoa quyi ligaga tushib ketgach, oilani boqish uchun pul etmay qoldi. Shundan soʻng u keksa yoshdagi insonlarga qarovchi boʻlib ishlay boshladi, onam esa uy xizmatchisi sifatida ozgina pul topardi. Oilada uchta farzand edik va uyda doim pul etishmovchiligi sezilardi.
– Egulik ham tez-tez tugab turarmidi?
– Toʻgʻrisini aytsam, unchalik emas. Akam va ukam bilan kim koʻproq eyish boʻyicha musobaqa oʻynardik. Ammo kechki ovqatni kutayotganda qornim ochganini his qilganim haliyam yodimda. Bundan tashqari, ijara haqini toʻlay olmasdik. Shu sababli qariyb uch yil davomida otamning bir doʻstinikida yashadik. U erda vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi uchun atigi 100 peso (hozirgi kurs boʻyicha taxminan 6 evrotsent) toʻlab turardik, xolos.
– Oʻsha davrlardan xotirangizda nimalar qolgan?
– Oʻsha kunlarni eslasam, yuzimga tabassum yuguradi. Men baxtli edim, chin yurakdan baxtli edim. Meni haqiqiy erkak sifatida shakllantirgan oʻsha tuygʻularni yana bir bor his qilishni istardim. Ota-onam tufayli kamtarlik va hurmat nima ekanligini oʻrgandim, hozir esa bu fazilatlarni oʻz farzandlarimga singdirib kelyapman, - dedi Lautaro.
Manba: championat.asia
Izohlar 0