Fidbol.net

Kurtua: “Mbappe “Oltin toʻp”ga loyiq”

Tahririyat • • 1
Kurtua: “Mbappe “Oltin toʻp”ga loyiq”

"Nazarimda, Kilian Mbappe “Oltin toʻp”ga munosib. Men bu erda ham, terma jamoada ham futbolchilar bilan gaplashdim. Hamma uning tezligi evaziga raqiblarni qanchalik oson ortda qoldirayotganidan hayratda edi. Bundan tashqari, uning gollari ham bor. “Oltin toʻp” eng koʻp sovrin yutganga emas, balki eng yaxshi oʻyinchiga topshirilishi kerak. Aks holda, aynan shu mezonga tayanadigan boʻlsak, ikki yil oldin sovrinni Karvaxal olishi lozim edi", – deya Kurtuaning soʻzlarini keltiradi “Onda Cero”.

8 sentyabr kuni “Fransiya Football” jurnali "Oltin toʻp-2026" uchun nomzodlar roʻyxatini e'lon qilgandi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring