Fidbol.net

Kloppning oʻrnini “Benfika” sobiq murabbiyi egallaydi

Tahririyat 4
Kloppning oʻrnini “Benfika” sobiq murabbiyi egallaydi

Kompaniyaning futbol boʻyicha yangi rahbari Rojer Shmidt boʻladi — mutaxassis rasman 1 oktyabrdan oʻz vazifasiga kirishadi.

Shmidt yaqinda Germaniya terma jamoasini boshqarish uchun oʻz lavozimini tark etgan Kloppning oʻrnini egallaydi. 59 yoshli Shmidt “Red Bull” falsafasi bilan juda yaxshi tanish — u 2012 yildan 2014 yilgacha “Zaltsburg”ni boshqargan va kompaniya uslubiga eng yaqin murabbiylardan biri hisoblanadi.

Yangi lavozimida Shmidt “Red Bull” tizimiga kiruvchi barcha klublar — “Leyptsig”, “Nyu-York”, “Zaltsburg”, Braziliyaning ”Bragantino”, Yaponiyaning “Omiya Ardiya”, shuningdek, kompaniya minoritar ulushga ega boʻlgan “Lids” va “Parij” klublarining sport tomondan rivojlanishi uchun mas'ul boʻladi.

2.jpg

Shmidtning oxirgi ish joyi “Benfika” boʻlgandi. 2022/23 yilgi mavsumda germaniyalik murabbiy Lissabon klubi bilan Portugaliya chempionligini qoʻlga kiritdi va jamoani Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga olib chiqdi. 2025 yilning oktyabr oyidan esa u Yaponiya J-ligasida futbol masalalari boʻyicha konsultant sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Shmidt shiddatli hujumkor uslub va yuqori pressingga asoslangan futboli bilan mashhur — aynan shu tamoyillar “Red Bull” futbol modelining negizini tashkil qiladi.

“Red Bull“ tuzilmasida Shmidt loyihaning sport qismiga mas'ul boʻladi. Ma'muriy yoʻnalishni esa avvalgidek Florian Sholts boshqarib boradi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring