Fidbol.net

Kivu "Real"ga qarshi oʻyin haqida: "Inter" "Bernabeu"da 60 yildan beri gʻalaba qozonmagan"

Tahririyat 18
Kivu "Real"ga qarshi oʻyin haqida: "Inter" "Bernabeu"da 60 yildan beri gʻalaba qozonmagan"

"Bizda ushbu klub tarixida muhim sahifalarni yozish majburiyati bor. Soʻnggi yillarda ushbu klub yuqori standartlarga erishdi, biz tarixning yangi sahifalarini yozishimiz kerak.

Mourinyu men uchun alohida inson, u bilan uchrashganim katta omad boʻlgan. U hayotimning eng ogʻir damlarida menga yordam qoʻlini choʻzgan, men buni hech qachon unutmayman.

Men hech qachon hech kimdan nusxa koʻchirmaganman, futbolchilik faoliyatim va yoshlar sektorida ishlagan yillarimda shakllangan oʻz futbol gʻoyam bor, u erda menga hozirgi yillarda qoʻl kelayotgan narsalarni tajriba qilib koʻrish imkoniyati boʻlgan edi.

"Bernabeu"da oʻynash hech kim uchun hech qachon oson boʻlmagan. "Inter" bu erda 60 yildan beri gʻalaba qozona olmayapti. Koʻpgina jamoalarga bu erda gʻalaba qozonish qiyin boʻlgan, biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz, ammo oʻzimizga xos oʻyin uslubidan voz kechmaymiz: biz ustunlik qilishni, oʻsganimizni koʻrsatishni xohlaymiz. Va "Real"ga qarshi turishning mukammal usuli mavjud emas", – dedi Kivu.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring