Fidbol.net

Keyn "Oltin toʻp" haqida: "Yamal nimani nazarda tutganini bilmayman. U ajoyib oʻyinchi"

Tahririyat 7
Keyn "Oltin toʻp" haqida: "Yamal nimani nazarda tutganini bilmayman. U ajoyib oʻyinchi"

Myunxen klubi safida Bundesliganing 98 ta oʻyinida 101 ta gol urgan angliyalik futbolchi ushbu mukofotni olish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq "Barselona" vingeri mukofotni eng koʻp gol urgan emas, balki eng yaxshi oʻyinchi olishi kerakligini aytgan edi. Shuningdek, 19 yoshli Yamal oʻzi va Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb hisoblashini ta'kidlagandi.

"Oʻzim haqimda gapirishni juda yoqtirmayman. Men e'tiborimni maydondagi ishimga qaratganman. Ushbu masalada har kimning oʻz fikri bor. Va bu mutlaqo normal holat.

Yamal nimani nazarda tutganini bilmayman. Lamin — ajoyib oʻyinchi. U ajoyib mavsum oʻtkazdi. Xuddi boshqa koʻpchilik kabi. Mbappe, Olise, Rodri. Da'vogarlar juda koʻp", — dedi Keyn.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring