Fidbol.net

Kelishilgan oʻyinlar tufayli Ozarbayjon jamoasi Konferentsiyalar ligasidan chetlashtirildi

Tahririyat 43
Kelishilgan oʻyinlar tufayli Ozarbayjon jamoasi Konferentsiyalar ligasidan chetlashtirildi

Chetlashtirishga klubning kelishilgan oʻyinlarni tashkil etishda ishtirok etgani sabab boʻlgan.
UEFA Apellyatsiya organi qaroriga koʻra, "Turan Tovuz" Konferentsiyalar ligasi reglamentining 4.01(g) moddasida belgilangan mezonlarga mos kelmaydi.
Bu mezon oʻyinlar natijasiga ta'sir oʻtkazish yoki ularni tashkil etishda bevosita va/yoki bilvosita ishtirok etishni anglatadi.
Qaror 2019 yilda Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan "Turan"ning etti nafar oʻyinchisi kelishilgan oʻyinlar uchun diskvalifikatsiya qilingan ishga asoslanib qabul qilindi.
"Turan Tovuz" klubi ushbu verdiktni Sport arbitraj sudida (CAS) osporish (qayta koʻrib chiqishga erishish) niyatida ekanligini bildirdi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring