Fidbol.net

Kechagi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi ma'lum boʻldi

Tahririyat 14
Kechagi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi ma'lum boʻldi

UEFA oʻzining rasmiy saytida Chempionlar Ligasi yarim finalining javob oʻyinida eng yaxshi oʻyinchini e'lon qildi. Oʻyinda "Bavariya" va PSJ jamoalari toʻqnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi parijliklar himoyachisi Vilyam Pacho deb topildi.

Jamoalar oʻrtasidagi birinchi oʻyin PSJ foydasiga 5:4 hisobida tugagan edi. Shu tariqa parijliklar Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va unda Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Joriy mavsum turnirining final oʻyini Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida boʻlib oʻtadi. Hal qiluvchi uchrashuv 30 may kuni boʻladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring