“Kalyari” futbolchisi basseynda hushini yoʻqotib, jonlantirish boʻlimiga yotqizildi
Tahririyat
•
•
2
Bu haqda “Unione Sarda” xabar bermoqda.
Gazeta ma'lumotlariga koʻra, hodisa kuni kecha Sardiniyada yuz bergan. Futbolchi vertolyotda shifoxonaga etkazilgan, shifokorlar zarur tekshiruvlarni oʻtkazib, uni jonlantirish boʻlimiga joylashtirishgan.
Yael Trepi 20 yoshda boʻlib, u 2022 yilda “Kalyari” akademiyasiga kelib qoʻshilgan va 2026 yilning fevralidan boshlab asosiy jamoa safida toʻp tepib keladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0