Fidbol.net

Kakuta: “99,9% futbolchilar baxtsiz. Ular aslida nimani his qilayotgani hech kimni qiziqtirmaydi”

Tahririyat 6
Kakuta: “99,9% futbolchilar baxtsiz. Ular aslida nimani his qilayotgani hech kimni qiziqtirmaydi”

“Futbolchilarning 90 foizi, hatto 99,9 foizi degan boʻlardim, baxtsiz. Ularning zimmasida juda katta yuk bor va mas'uliyat beqiyos. Ular aslida nimani his qilayotgani hech kimni qiziqtirmaydi, axir siz natija koʻrsatishga majbur boʻlgan dunyodasiz.

Yoningizda kim turganini bilmaysiz, bu odamlar nega bu erda ekanini tushunmaysiz... Munosabatlaringiz chinakam ekaniga ishonch hosil qila olmaysiz. Ba'zilar oʻz qobigʻiga oʻralashib oladi, aslida nima boʻlayotganini oxirigacha anglamay, atrofdagi hammani oʻzidan itaradi. Juda koʻpchilik niqob taqib yuradi. Ular bu niqoblarni uyda, oilada yoki doʻstlar bilan boʻlgan munosabatlarda ularni haqiqatan ham koʻrishayotgani va eshitishayotganiga ishonchlari komil boʻlmagani uchun taqishadi. Ular xuddi bir goʻsht boʻlagidek.

Oʻzingni xursand koʻrsatish yaxshi, lekin tunda uxlay olasanmi? Kimdir uxlay olmaydi va dori vositalarini iste'mol qilishga majbur boʻladi. Agar ularni doimo qabul qilsangiz, bu shunchaki charchoq emas. Kimdir najotni oqshomlardagi bazmlardan, kimdir oʻyin pristavkasidan izlaydi — sizni reallikdan uzoqlashtiradigan dofaminning turlari juda koʻp. Koʻplab futbolchilar yolgʻizlikdan qochadi, chunki yolgʻizlik bilan toʻqnashish bu oʻz-oʻzing bilan toʻqnashish demakdir”, – deydi allaqachon futbolchilik faoliyatini yakunlagan 35 yoshli Kakuta.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring