Fidbol.net

Ivan Boshkovich "Bunyodkor"ga tanish-bilish orqali keldimi? Mutaxassis vaziyatga izoh berdi.

Tahririyat 3
Ivan Boshkovich "Bunyodkor"ga tanish-bilish orqali keldimi? Mutaxassis vaziyatga izoh berdi.

- "Bunyodkor" rahbari Murod Alievning oʻgʻli Ulugʻbek Boqiev sizning assistentingiz hisoblanadi. Ivan Boshkovich "Bunyodkor"ga tanish-bilishchilik orqali keldi degan gap-soʻzlar boʻyicha qanday fikrdasiz?

- Har doim gap-soʻzlar boʻladi. Men oʻz ishim bilan shugʻullanaman. Biz murabbiylar, natijaga bogʻlanganmiz. Natija yaxshi boʻlmasa ishimizni yoʻqotamiz. Odamlar gapiraveradi. Men "Bunyodkor"da yaxshi natijalarga erishishimga ishonaman. Kim nima desa deyaversin, menga umuman qizigʻi yoʻq.

- Demak, sizning "Bunyodkor"ga qaytishingizga shtabingizda faoliyat yuritadigan Ulugʻbek Boqiev va "qaldirgʻochlar" rahbari Murod Alievning aloqasi yoʻqmi?

- Ulugʻbek Boqiev yaxshi mutaxassis boʻlgani uchun biz olti yildan beri birga ishlab kelyapmiz. Olti yildan beri birgamiz. U yaxshi mutaxassis boʻlgani uchun men u bilan birga ishlayotgandirman? Boqiev bizga hali koʻp yordam beradi.

boqiev.jpg

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring