Fidbol.net

Islombek Ismoilov: "Eng muhimi gʻalaba, qolgani bizga qiziq emas. Hujum qilmagan jamoa xato qilmaydi"

Tahririyat 5
Islombek Ismoilov: "Eng muhimi gʻalaba, qolgani bizga qiziq emas. Hujum qilmagan jamoa xato qilmaydi"

"Bugungi gʻalaba bilan barchani tabriklayman. Juda muhim gʻalaba edi. Har bir musobaqani boshlash juda qiyin boʻladi. Oʻyindan oldin koʻpchilik "Neftchi" osongina gʻalaba qozonadi degan fikrda boʻlgan edi, ammo oʻyinda har qanday holat roʻy berishi mumkin. Bu musobaqa hech qaysi bir jamoada yirik hisobda gʻalaba qozonadi deb boʻlmaydi. Elit OChL eng yuqori darajadagi musobaqa. Bu erda eng kuchlilar ishtirok etadi. Raqibni imkon qadar oʻrganishga harakat qildik. Oʻyin davomida etakchilik qilib, koʻplab imkoniyatlar yaratishga intildik. Ba'zi vaziyatlarda raqib ham oʻz imkoniyatlariga ega boʻldi. Afsuski, vaziyatlarimizning koʻpidan foydalana olmadik. Shuning hisobiga oʻyin qiyin kechdi. Har bir oʻtayotgan daqiqa bizga boʻlgan bosimni ikki barobarga koʻpaytirib keldi. Katta kuch bilan oldinga oʻtishga majbur boʻldik va oʻyinning ma'lum bir qismida ikki nafar hujumchi bilan harakatlandik. Eng muhimi gʻalaba, qolgani bizga qiziq emas. Birinchi qadamni qoʻyib oldik", - deya gap boshladi Islombek Ismoilov.

"Raqibni juda ham yaxshi oʻrgangandik. Bosh murabbiyimiz aytganidek, oson raqibning oʻzi yoʻq. Oʻyin davomida koʻplab vaziyatlarni koʻkka sovursangiz, jamoa hatto magʻlubiyatga ham uchrashi mumkin. Bahs osonroq kechishini kutgandik, ammo unday boʻlmadi. OChL ajoyib darajadagi musobaqa. Yaratganga shukr, yakunda gʻalabani qoʻlga kiritdik", - deya fikr bildirdi Zoran Marushich.

- Ikkinchi boʻlimda Yan Sasse zaxiraga olindi. Sassening bugungi oʻyini haqida fikr bildirib oʻtsangiz...

- Legionerlar jamoamizga qoʻshilganiga koʻp boʻlmadi. Hozir jamoada jarohatlanganlar koʻp. Ikkinchi davra boshlanganidan beri toʻliq optimal tarkibni ishlata olmayapmiz. Mavsumning eng qizgʻin pallasiga kirib keldi. Shu qiyin davr uchun biz yangi futbolchilarni oʻz safimizga qoʻshib oldik. Sasse juda mahoratli oʻyinchi. Hozir uning holatini tushunishimiz kerak, uch oydan beri rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan. Jamoa bilan ikkita mashgʻulot oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kelib ham Elit OChLda. Bugun u bunday ortigʻini qila olmasdi. Ikkinchi taymda yangi kuchlarni tashlamoqchi edi, biroq Abror Ismoilovning eski jarohati bezovta qildi. Uni zaxiraga olishga majbur boʻldik. Braziliyalik legionerlarimiz faqat Elit OChLda oʻynay oladi. Biz ularni faqat Elit oʻyinlari orqali yaxshi sport formaga keltirishimiz mumkin. Boshqa yoʻl yoʻq. Futbolchi bilan alohida mashgʻulot oʻtkazyapmiz ham. Legionerlarimiz hali faoliyati davomida Osiyoda oʻynashmagan. Ular Oʻzbekistonga kelishganiga bir hafta boʻlmadi. Moslashuv jarayoni bor. U bugun koʻp toʻp yoʻqotgan boʻlishi mumkin, ammo maydonda koʻp foyda keltirdi.

- Bugungi oʻyinda nimadan qoniqdingiz va nimalardan qoniqmadingiz?

- Murabbiy hech qachon jamoasi oʻyinidan toʻliq qoniqmaydi. Juda koʻplab ishlashimiz kerak. Bugun himoyadan hujumga oʻtishga sekin edik. Balki futbolchilarda charchoq alomatlari sezilishni boshlagandir. Biz intensiv futbol oʻynaymiz. Bizga toʻp nazorati muhim emas, biz qanchalik tez raqib jarima maydonchasiga etib borishimiz haqida oʻylaymiz. Kimdir 300-400ta pas orqali hujum qilishi mumkin, kimdir esa 2-3ta pas orqali raqib darvozasigacha etib keladi. Hujumkor futbol koʻp kuch talab qiladi. Har safar hujum qilayotganimizda toʻpni yoʻqotish ehtimolimiz oshadi. Biz koʻp yoʻqotayotganimizning sababi koʻproq vaqt davomida hujum qilayotganimizda. Hujum qilmagan jamoa xato qilmaydi.

- Iskanderovning holati qanday?

- Iskanderov boʻyin qismida "grija"si bor. Jamoamiz reabilitologi bilan ishlayapti. Tez orada jamoaga qaytadi.

- FIFA kunlarida oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etiladimi?


- Biz FIFA kunlarini barchadan ham koʻproq kutyapmiz. Jarohatdagi futbolchilarimizni tezroq qaytarib olish uchun bizga pauza kerak. Oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etmoqchimiz, ammo raqiblar hali aniq emas.

Zoran Marushichga savol

- Koʻproq sizga asosiy tarkibda oʻynash ma'qulmi yoki zaxiradan maydonga tushib gol urishmi?

- Har qanday hujumchi kabi har doim asosiy tarkibda oʻynashni xohlayman. Lekin bosh murabbiyning qarori bor. Jamoadagi barcha hujumchilar imkon qadar koʻproq foyda keltirish haqida oʻylamoqda. Bizning maqsadlarimiz katta. Koʻplab musobaqalarda ishtirok etyapmiz. Menga hozir farqi yoʻq, asosiy tarkibdami yoki zaxirada. Asosiysi, jamoamga yordam berish.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring