Ilhom Moʻminjonov: "Vaziyatlar nihoyatda kam oʻyin boʻldi"
Oʻyindan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Oʻyin haqida fikringiz?
- Teng kurashlarga boy uchrashuv boʻldi. Golgacha oʻyin boʻldi, xavfli vaziyatlar unchalik koʻp boʻlmadi. Standartlar boʻldi, lekin buni xavfli vaziyat demagan boʻlardim. Himoyada qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyib gol oʻtkazib yubordik. "Shoʻrtan"ni gʻalaba bilan tabriklayman. Endi keyingi uchrashuv haqida oʻylashimiz lozim, chunki "Aral" bilan "Shoʻrtan" ilgarilab ketyapti. Birinchi davra tugashiga bitta tur bor, shu oʻyinni yaxshi oʻtkazib olishga harakat qilamiz.
- Oʻtkazib yuborilgan goldan keyin shogirdlaringizning hafsalasi pir boʻldimi yoki toliqib qolishdimi? Chunki hali oldinda vaqt bor edi.
- Oʻzi oʻyin golgacha deyarli vaziyatlarsiz ketayotgandi, goldan keyin ham shu ruhda davom etdi. "Shoʻrtan" himoyani mustahkam ushladi, bizda esa zaxiradan tushganlar oʻzlarini koʻrsata olishmadi. Balki shuning ham ta'siri boʻlgandir.
- "Shoʻrtan"da zaif nuqtalar koʻrindimi?
- "Shoʻrtan" yaxshi kuchli jamoa. Menga jamoaning zaif tomoni koʻrinmadi.
- Oʻyin davomida koʻproq qaysi chiziqdan koʻngil toʻlmadi?
- Hujum chizigʻimizdan.
- Proligada chempionlikka qaysi jamoalarning imkoniyati yuqori deb oʻylaysiz?
- "Aral", "Shoʻrtan" va "Metallurg". Shu uchta jamoadan boshqani koʻrmayapman. Lekin qolganlar ham jiddiy qarshilik koʻrsatadi deb oʻylayman. Biz uchun har bir bahs qiyin oʻtyapti. Birinchi davra tugagani yoʻq, eng qizigʻi hali oldinda deb oʻylayman. Kim chempion boʻlishini vaqt koʻrsatadi.
- Ikkinchi davraga qanday futbolchilarni taklif etmoqchisiz?
- Bizga yarim himoyachi va hujumchi kerak.
Manba: championat.asia
Izohlar 0