“Ikki marta oʻlimdan qolganman”. Germaniya terma jamoasi hujumchisi sogʻligʻidagi muammolar haqida gapirib berdi
Tahririyat
•
•
3
Podkastlardan birida futbolchidan uning taom tanlovi — xususan, sushini yaxshi koʻrish-koʻrmasligi haqida soʻrashdi.
“Ha, lekin faqat losos baligʻi bilan yoki vegetariancha turlarini eyman. Chunki krevetka iste'mol qilolmayman. Menda ikki marta kuchli allergik reaktsiya kuzatilgan va har ikkalasida ham zoʻrgʻa oʻlimdan qolganman. Bunday paytda butun tanam shishib ketadi va nafas ololmay qolaman”, – dedi Undav.
Uning aniqlik kiritishicha, bu allergiya omar va midiyalarni oʻz ichiga olgan boshqa dengiz mahsulotlariga ham tegishlidir.
Undav 2025/26 yilgi mavsum “Shtutgart” safida 46 ta oʻyin oʻtkazib, 25 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0