Fidbol.net

Hujumchi Gonsalu Ramush «PSJ» va Portugaliya terma jamoasidagi roli haqida fikr bildirdi

Tahririyat 5
Hujumchi Gonsalu Ramush «PSJ» va Portugaliya terma jamoasidagi roli haqida fikr bildirdi

«Pari Sen-Jermen» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush o‘yinlar davomida tez-tez zaxira o‘rindig‘ida qolishiga qaramay, har ikki jamoadagi o‘z rolidan mamnun ekanligini tan oldi va tarkibdagi raqobat haqida gapirdi.

«Men har doim jamoamga o‘z hissamni qo‘sha olaman. Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoadagi o‘rnini ta’riflashga hojat yo‘q. Klubdagi birinchi yilimdan buyon «PSJ»da Mbappe bor edi. Bugun esa jamoada Usmon Dembele o‘ynamoqda, uni ham tanishtirib o‘tish shart emas. Bunday yuqori darajadagi raqobatga qaramay, men foyda keltirishga va natijaga ta’sir o‘tkazishga qodirman. Bu mening xarakterim, matonatim va professional fazilatlarimning isbotidir», — deya Ramushning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Record nashri.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring